Toşkent viloyatining Nurafşon va Olmaliq şaharlarida yangi hokimlar iş boşladi.
Dastlab Nurafşon şahrida Xalq deputatlari şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilib, şahar hokimi lavozimida işlab kelgan Ilhom Mahmudjonoviç Qiliçxonov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Nurafşon şahar hokimi lavozimiga Qobil Murodquloviç Hamdamov nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Qobil Hamdamovni şahar hokimi etib tasdiqlaşdi.
U 2020 yil oktyabridan buyon Olmaliq şahar hokimi vazifasida işlab kelayotgandi.
Şu kuni Olmaliq şahrida ham Xalq deputatlari şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Unda taşkiliy masala körilib, Nurafşon şahri hokimligiga ötgan Qobil Hamdamov örniga Olmaliq şahri hokimi lavozimiga şu vaqtga qadar Toşkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Barhayot Baxtiyorjonoviç Meliyev nomzodi tavsiya qilindi.
Deputatlar Barhayot Meliyevni Olmaliq şahri hokimi etib tasdiqlaşdi.

Ma’lumot uçun, Ilhom Qiliçxonov Nurafşon şahriga 2023 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Joriy yil aprelida prezident videoselektorida boşqa bir neça hudud hokimlari bilan bir qatorda u ham tanqidga uçragan, davlat rahbari bu hokimlarning lavozimiga loyiqligini körib çiqiş böyiça topşiriq bergandi.
U endi qaysi işga ötkazilgani haqida hozirça ma’lumot yöq.








