O‘zbekiston | 13:29 / 06.07.2024
6018
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi

​​​​​​​Uchrashuvda O‘zbekiston – Vengriya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Vengriya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. May oyida Toshkent shahrida qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi samarali o‘tkazildi», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshgan, qo‘shma loyiha va korxonalar soni ham ko‘paygan. Joriy yilning 30 iyunidan Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklangan.

Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Mavzuga oid