Sport | 20:54 / 14.07.2024
9274
4 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya rekord arafasida, Angliya tarixni yangilashi mumkin. Final prevyusi

So‘nggi bir oy davomida muxlislar Yevropaning eng kuchli 24 jamoasi ishtirokidagi bahslarga guvoh bo‘lishdi va musobaqaning hal qiluvchi bahsi Yevropa klassikasiga mos bo‘ldi – Ispaniya Angliyaga qarshi.

Foto: Sport-Ekspress

Ispaniya dastlabki turdan finalgacha ajoyib o‘yini bilan turnirning eng yorqin jamoasi bo‘lib turibdi. Murabbiy Luis de la Fuenta Rodri va Morata singari tajribali hamda Lamin Yamal va Niko Uilyams singari iqtidorlardan iborat ajoyib jamoa bilan barcha raqiblarni birin-ketin yo‘lidan olib tashlamoqda. «Qizil furiya» yurishini davom ettirib, Yevro tarixida 4 marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylanmoqchi. Hozirgacha ispanlar 3 marotaba (1964, 2008, 2012 yillar) ko‘hna qit’ada tengsiz deb topilgan. Navbatdagi chempionlik Ispaniyani rekordchiga aylantiradi.

Ispanlardan farqli o‘laroq, Angliya o‘z tarixida hali biror marotaba ham Yevropa chempionligini qo‘lga kiritmagan. Inglizlarning turnirdagi eng yaxshi natijasi 2021 yilda qayd etilgan bo‘lib, Sautgeyt shogirdlari turnir finalchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda Italiyaga penaltilar seriyasida (1:1, 2:3 – penalti) mag‘lub bo‘lgan. Harri Keyn sardorligidagi angliyaliklar bugun tarixdan joy olishi mumkin.

Jamoalar finalga qanday yetib keldi?

Ispanlar inglizlardan ko‘ra, finalgacha nomdor jamoalarga qarshi saf tortishdi. De la Fuenta shogirdlari Xorvatiyani guruhdan qoldirgan bo‘lsa, amaldagi chempion Italiyani mag‘lub etdi. Pley-offlarda esa Gurjiston, mezbon Germaniya va chempionlik uchun asosiy favorit sanalgan Fransiyani turnirdan chiqarib yubordi.

Angliya esa o‘tgan 6ta o‘yinning faqat 3tasida o‘yin vaqtida g‘olib bo‘ldi, qolgan 3ta bahsda durang qayd etdi. Garet Sautgeyt shogirdlari pley-offlarda Slovakiya, Shveytsariya va Niderlandiyani mag‘lub etib, finalgacha yetib keldi.

Ispaniyaning finalgacha natijalari:

1-tur. Ispaniya – Xorvatiya 3:0

2-tur. Ispaniya – Italiya 1:0

3-tur. Ispaniya – Albaniya 1:0

1/8 final. Ispaniya – Gurjiston 4:1

1/4 final. Ispaniya – Germaniya 2:1

1/2 final. Ispaniya – Fransiya 2:1.

Angliyaning finalgacha natijalari:

1-tur. Angliya – Serbiya 1:0

2-tur. Angliya – Daniya 1:1

3-tur. Angliya – Sloveniya 0:0

1/8 final. Angliya – Slovakiya 2:1

1/4 final. Angliya – Shveytsariya 1:1 (pen – 5:3)

1/2 final. Angliya – Niderlandiya 2:1

Transfer baholari: Angliya Ispaniyadan qimmatroq

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi tarkibining umumiy transfer bahosi bo‘yicha Ispaniyadan qimmat sanaladi. Angliyaning umumiy transfer bahosi 1,52 milliard yevroni tashkil etsa, Ispaniya milliy jamoasi bu borada 965 million yevro narxlangan.

Ispaniyaning eng qimmatbaho 3 futbolchisi:

1. Rodri – 120 mln yevro

2. Lamin Yamal – 90 mln yevro

3. Niko Uilyams – 60 mln yevro.

Angliyaning eng qimmatbaho 3 futbolchisi:

1. Jud Bellinghem – 180 mln yevro

2. Fil Foden – 150 mln yevro

3. Bukayo Saka – 140 mln yevro.

Taxminiy tarkiblar

Ispaniya: Simon; Karvaxal, le Norman, Lyaport, Kukurelya; Ruis, Rodri, Olmo; Yamal, Morata, Uilyams

Angliya: Pikford; Uoker, Stounz, Gexi; Saka, Meynu, Rays, Shou; Bellinghem, Foden; Keyn

Anons. Yevro-2024. Final

14 iyul (shanba)

Ispaniya – Angliya

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Ctadion: Berlin, «Olimpiashtadium».

TV-translatsiya: Zo’rTV.

Mavzuga oid