O‘zbekiston | 00:57 / 16.07.2024
36753
1 daqiqa o‘qiladi

14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

Foto: Kun.uz

2024 yil 14 iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi o‘z sahifasida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 14 iyul kuni test topshirgan abituriyentlar o‘z natijalarini uch xil uslubda bilib olishi mumkin. Ular quyidagicha:

1.  my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi, raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

@e_dtm_mandat4bot

Mavzuga oid