Jamiyat | 07:51 / 17.07.2024
2832
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 01:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi (voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan), 2007 yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvidagi JAC rusumli avtomashina, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.Y. boshqaruvidagi Tracker rusumli avtomashina, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan O.N. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid