Jahon | 23:33 / 21.07.2024
10514
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden AQSh prezidentligiga Kamala Harris nomzodini taklif etdi

U o‘z vitse-prezidentini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Foto: Getty Images

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanini e’lon qilishi ortidan AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisni prezidentlik lavozimi uchun nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi.

«2020 yilda [Demokratik] partiya nomzodi sifatidagi ilk qarorim Kamala Harrisni vitse-prezident sifatida tanlash bo‘lgandi. Bu mening eng yaxshi qarorim edi», — degan Bayden.

U Harrisni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. «Demokratlar, birlashish va Trampni yengish vaqti keldi. Kelinglar, shunday qilamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Bayden.

  • Jo Bayden Demokratik partiyaning ko‘plab yetakchilari va tarafdorlari bosimi ostida 2024 yil noyabrida o‘tkaziladigan AQSh prezidentligi uchun saylovda nomzod sifatida qatnashmaslikka qaror qildi. Iyun oyi oxirida u Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bilan kechgan debatda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandi. 17 iyul kuni esa Bayden koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.
  • Bayden prezidentlikka saylov poygasidan chiqishini e’lon qilgach, Tramp uni tarixdagi eng yomon prezident deb atadi. U shuningdek o‘zi uchun Kamala Harrisni yengish Baydenni yengishdan ko‘ra osonroq bo‘lishini aytgan.

Mavzuga oid