Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» elektrpoyezdlari qatnovi jadvali o‘zgartirilishi mumkin
Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida qatnovlar 1 soat ertaroq boshlanishi rejalashtirilgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Qayd qilinishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
«Afrosiyob» elektropoyezdlari ertalabki qatnovi vaqtini 1 soat oldinga surish taklif qilinmoqda.
Jumladan:
- Toshkent – Qarshi yo‘nalishida poyezdning amaldagi jo‘nash vaqti soat 7:24, taklif qilinayotgan vaqt – 6:24;
- Toshkent – Samarqand, amaldagi jo‘nash vaqti 7:47, taklif qilinayotgan vaqt – 6:47;
- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:23, taklif qilinayotgan vaqt – 7:23;
- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:50, taklif qilinayotgan vaqt – 7:50.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qatnov jadvali o‘zgartirilishi munosabati bilan yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rov tashkil qilgan.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
16:08 / 16.01.2026