O‘zbekiston | 12:54 / 28.07.2024
32043
1 daqiqa o‘qiladi

Tursunali Mamajonov vafot etdi

Mashhur dorboz 75 yoshda edi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Vodil chinori» xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi

Tursunali Mamajonov 1949 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

U Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan.

Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid