Jahon | 07:47 / 29.07.2024
5194
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya BRIKSga kirish uchun ariza topshirdi

Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga guruhga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi, deb xabar bermoqda Bernama axborot agentligi.

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

Malayziya BRIKS davlatlararo assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi, deb xabar berdi Bernama axborot agentligi 28 iyul, yakshanba kuni. «Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga tashkilotga a’zo bo‘lish yoki unda strategik sherik sifatida qatnashish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi», — deya mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohimning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 27 iyul kuni Kuala-Lumpurga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida Malayziyaning guruhga qo‘shilishi masalasi asosiy bo‘lgan. Malayziya hukumati BRIKSga qo‘shilish niyatini iyun oyi o‘rtalarida e’lon qildi, deya eslatadi Bernama. 

BRIKS mamlakatlariga jahon iqtisodiyotining 28 foizi to‘g‘ri keladi

Hozirda BRICS to‘qqizta davlatni, xususan, Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoyni o‘z ichiga oladi. Assotsiatsiyaga kiruvchi davlatlar birgalikda dunyo aholisining 45 foizini (taxminan 3,5 milliard kishi) va Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti qariyb 28 foizini tashkil etadi, bu esa 28 trillion yevro degani.

Malayziyaning BRIKSga qo‘shilish qaroriga, jumladan, Xitoy bilan savdo aloqalari va ularni yanada mustahkamlash istagi ta’sir qilgan, deydi Tasmaniya universitetining osiyoshunoslik professori Jyeyms Chin. Bundan tashqari, bunday assotsiatsiyada ishtirok etish Malayziyaga «xalqaro maydonda muhimroq ovoz» beradi, deb hisoblaydi Chin. 

Mavzuga oid