Jahon | 22:28 / 04.08.2024
13308
3 daqiqa o‘qiladi

G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi tarixiy almashuv. Ekspertlar fikri

Avgust oyi boshida sovuq urush davridan beri G‘arb va Rossiya o‘rtasida eng yirik mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, almashilganlar kimlar va mavjud siyosiy dinamikada qanday o‘ringa ega? Mavzu yuzasidan tahlilchilar Shuhrat Rasul va Kamoliddin Rabbimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Shusiz ham keskin munosabatlarda bo‘lgan ikki qutbning mahbuslar almashinuvining motivlari nimada?

Shuhrat Rasul: Sovuq urush davrida ham ikkita muhim siyosiy almashuvlar bo‘lgan edi. Birinchisi, amerikalik uchuvchi Pavles bilan rossiyalik josus Aberning almashuvi. Shuningdek, 1970-yillar o‘rtalarida dissident Vladimir Bukovskiy Chilining kommunistik partiyasi yetakchilaridan biri Luiz Karvalanga almashtirilgandi.

Rossiya tarixida ham, sovet ittifoqi davrida ham bunday guruh-guruh bo‘lib almashuv o‘tkazilmagandi. Bu almashuv bo‘lishiga asosiy sabab – Navalniyning favqulodda Rossiya qamoqxonasida vafot etgani bo‘ldi, bu orqali Rossiya bu ishni bostirishni maqsad qilgan bo‘lishi kerak. Va Navalniyning siyosiy obro‘si bilan teng darajada turadigan shaxslar o‘rtasida siyosiy almashuv bo‘lib o‘tdi.

Kamoliddin Rabbimov: Navalniyning o‘limidan keyin g‘arbdagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar huquq faollarini Rossiya qamoqxonalaridan olib chiqish zarurligi haqida bong ura boshlashdi. Chunki oxirgi ikki yil ichida Rossiyadagi siyosiy tuzum o‘zgardi, endi Rossiya klassik-totalitar davlatga aylanish uchun harakat qilmoqda. Ammo Rossiya iqtisodiyoti bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki bu yerda xususiy sektorning ulushi yuqori.

— Rossiyadan ozod etilganlar qanday ayblovlar bilan qamalgan edi?

Kamoliddin Rabbimov: Bularning aksariyati keyingi 2-3 yil ichida qamalgan shaxslar va ularning ko‘pchiligi siyosatchilar. Rossiya demokratik davlat bo‘lishi kerak, unda demokratik partiyalar, qonunchilik doimiy tarzda ishlashi kerak degan g‘oyalarni ilgari surgan shaxslar aslida. Ukraina urushiga qarshi, liberal qarashga ega shaxslar.

— Shuhrat Rasul: Bu yerda Lev Yashin Kiyevdagi Rossiya armiyasining jinoiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqqani va shu to‘g‘risida maqolalar yozgani uchun qamalgan bo‘lsa, qolgan mahbuslar esa Rossiya armiyasini obro‘sizlantirdi degan ayblovlar orqali qamalgandi.

Suhbatni to‘liq YouTube sahifamizda tomosha qiling.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi. 

Mavzuga oid