2026 yil 1-çoragida Rossiya yalpi içki mahsuloti ötgan yilning şu davriga nisbatan 0,2 foizga qisqardi. Bir neça kun oldin hukumat joriy yilgi ösiş prognozini 1,3 foizdan 0,4 foizgaça pasaytirgan edi. Bu – ötgan yilgi 1 foizlik ösişdan ham pastroq. “Geosiyosat” dasturida tahlilçilar Abduvali Soyibnazarov va Şuhrat Rasul buning sabablari haqida söz yuritdi.

— Rossiya hukumati nega iqtisodiy ösiş prognozini uç barobarga tuşirdi?

Abduvali Soyibnazarov: Avvalo, asosiy sabab sifatida Ğarb sanksiyalari va eksport çeklovlarini körsatiş mumkin. 2022 yilgaça Rossiya asosan Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan yirik savdo aloqalariga ega edi hamda neft-gaz eksportining katta qismini yuqori bozor narxlarida aynan Yevropaga sotib kelgan.

Hozir esa Rossiya eksport yönalişlarini Osiyo va qisman Afrika davlatlariga burişga majbur böldi. Bugungi kunda uning asosiy hamkorlari orasida Xitoy, Hindiston, Vetnam va boşqa ayrim davlatlar bor. Biroq Rossiya endilikda energiya resurslarini avvalgidek yuqori va qulay narxlarda sota olmayapti. Natijada eksportdan olinayotgan foyda ham sezilarli darajada kamaygan.

Bundan taşqari, texnologik importga qöyilgan çeklovlar uzoq muddatli iqtisodiy ösişni sekinlaştirmoqda. Ğarb tomonidan joriy etilgan köplab sanksiya paketlari Rossiya iqtisodiyotiga bosqiçma-bosqiç ta’sir körsatmoqda.

Yana bir muhim omil – yuqori foiz stavkalari. Inflatsiyani jilovlaş maqsadida Rossiya Markaziy banki qayta moliyalaş stavkasini yuqori darajada uşlab turibdi. Bu esa biznes uçun kreditlarni qimmatlaştiradi va iqtisodiy faollikning pasayişiga olib keladi.

Tadbirkorlar uçun investitsiya qiliş va işlab çiqarişni kengaytiriş tobora murakkablaşmoqda. Şuningdek, mamlakatda malakali işçi kuçi taqçilligi ham kuçaygan. 2022–2023 yillardagi harbiy safarbarlik davrida köplab yuqori malakali mutaxassislar, ayniqsa IT sohasi vakillari xorijga çiqib ketdi. Bu holat Rossiyaning texnologik va iqtisodiy salohiyatiga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Umuman olganda, sanksiyalar, eksport daromadlarining qisqarişi, yuqori foiz stavkalari va malakali kadrlar oqimi Rossiya iqtisodiy ösiş prognozining keskin pasayişiga sabab bölayotgan asosiy omillar hisoblanadi.

Şuhrat Rasul: Aslida 1,3–1,4 foizlik iqtisodiy ösişning özi ham makroiqtisodiyot nuqtayi nazardan juda past körsatkiç hisoblanadi. Ayrim iqtisodçilar bunday ösişni real rivojlaniş emas, balki statistik xatolik darajasidagi körsatkiç sifatida baholaydi. Ya’ni 1 foiz atrofidagi ösiş iqtisodiyotda sezilarli ijobiy özgariş borligini anglatmaydi.

Bundan ham muhimroq masala – Rossiya budjeti bilan boğliq vaziyatdir. 2026 yil yakuniga qadar budjet kamomadi 3,8 trillion rubl bölişi prognoz qilingan edi. Biroq yilning birinçi çoragi yakunidayoq bu körsatkiç qariyb 5,9 trillion rublga yetdi. Dollar hisobida bu taxminan 90 milliard dollarga teng.

Ya’ni hukumat bir yil uçun rejalaştirgan defitsit hajmi birinçi çorakning özidayoq deyarli ikki barobarga oşib ketmoqda. Oldinda esa yana uç çorak bor. Agar şu tendensiya davom etsa, yil yakuniga kelib budjet kamomadi 20 trillion rubldan oşişi mumkin. Bu esa Rossiya moliyaviy tizimi uçun jiddiy xavf tuğdiradi.

Vaziyatni qisman yumşatişi mumkin bölgan asosiy omillardan biri – neft narxining keskin oşişidir. Agar Yaqin Şarqdagi keskinlik, xususan Eron, AQŞ va Isroil örtasidagi qarama-qarşilik davom etsa, neft narxi yuqorilaşi mumkin. Biroq köpçilik energetika bozori tahlilçilari barrel narxi 200 dollardan oşiş ehtimolini juda past deb baholamoqda. Sönggi voqealar ham buni tasdiqlayapti.

Ayrim ekspertlar narxlar 120 dollargaça kötarilişi mumkinligini taxmin qilgan edi, ammo amalda narx qisqa muddat 114 dollargaça çiqib, yana pasaydi. Demak, bozorda hozirça keskin va uzoq muddatli sakraş kuzatilmayapti.

Şu bilan birga, AQŞ, Xitoy va Yaponiya kabi davlatlarning strategik neft zaxiralari kamayib bormoqda. AQŞ narxlarning keskin oşib ketişini jilovlaş uçun zaxiralarining bir qismini bozorga çiqardi. Xitoy va Yaponiyada ham zaxiralar qisqarmoqda. Ammo mojaro boşlanganiga qariyb 70 kun bölganiga qaramay, strategik zaxiralarning kamayişi hali kritik darajaga yetgani yöq.

AQŞ va Eron uzoq muddatli uruş olib boriş imkoniyati çeklangan. Eron içki iqtisodiy bosim va oziq-ovqat muammolariga duç kelmoqda. AQŞda esa uzoq davom etadigan uruş siyosiy va iqtisodiy jihatdan ma’qul emas.

Şu sababli Donald Trampning uzoq muddatli harbiy mojaroni davom ettirişdan köra, siyosiy natijani “ğalaba” sifatida körsatib, keyinçalik keskinlikni kamaytirişga harakat qilişi ehtimoli yuqori deb baholanmoqda. Natijada neft narxining uzoq muddat 200 dollardan yuqori darajada qoliş ehtimoli hozirça juda past körinmoqda.

Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.