Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelalik migrantlar saylov natijalariga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi
Argentina, Kolumbiya va Chili poytaxtlari maydonlarida yig‘ilgan venesuelalik muhojirlar o‘z mamlakatlaridagi saylovlar «soxtalashtirilgan»ligini aytishdi.
Foto: Anadolu Agency
Venesuelalik muhojirlar Argentina, Kolumbiya va Chili poytaxtlari maydonlarida to‘planib, o‘z mamlakatlaridagi saylovlar «soxtalashtirilgan»ligini da’vo qilishdi.
Venesuela milliy saylov kengashi (CNE) tomonidan e’lon qilingan prezidentlik saylovi natijalariga qarshi Venesuela bayroqlarini ko‘tarib olgan yuzlab muhojirlar namoyishga chiqdi.
Namoyishchilar prezident Nikolas Maduroga qarshi shiorlar aytib, xalqaro hamjamiyatni Venesuela hukumatiga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Norozilik aksiyasi kutilmagan voqealarsiz yakunlandi.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,2 foiz ovoz bilan uchinchi olti yillik muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi.
Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.
Mavzuga oid
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
11:56 / 15.03.2026
Kubada energetik inqiroz: namoyishchilar Kompartiya ofisiga hujum qildi
13:01 / 07.03.2026