Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvoqda 6 yashar bolani Damas urib ketdi
Bo‘stonliq tumanida yo‘lga yugurib chiqqan bola Damas urib ketishi oqibatida turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Internetda tarqalgan videodan kadr
Voqea 27 iyul kuni soat taxminan 13:10 larda, 4R10 “Chorboq suv ombori halqa yo‘li” avtoyo‘lining 14-kilometrida ro‘y bergan.
Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, “Damas” haydovchisi Z.M. (1999 y.t., Yangiyo‘l tumanida yashaydi) yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyodani (2018 y.t., Chinoz tumanida yashaydi) urib yuborgan.
Natijada bola turli tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat videosidan ko‘rinishicha, 6 yoshli bola yo‘l chetida to‘xtagan Cobalt avtomobilidan tushib kelgan. Avtomobildan avvaliga erkak haydovchi tushib, mashina ichidagilarga “tushma, tushma!” deb aytgan, keyin o‘zi yo‘ldan o‘tgan, uning ortidan bir bola yugurib o‘tgan. Uning ortidan yugurgan, yoshi biroz kichikroq ikkinchi bolani esa Damas urib ketgan.
Hozirda Bo‘stonliq tumani IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 24.11.2025
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025