Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari sportchilarni qizg‘in tabriklab, jamoa tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘lganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Yigitlarimizning dadil va ishonchli chiqishlari, yuksak mahorati va mardligi chinakam qahramonlik namunasi bo‘lgani, Yangi O‘zbekistonning yoshlari nimalarga qodir ekanini ko‘rsatgani, xalqimizga ulkan kuch va g‘urur bag‘ishlaganini ta’kidladi. Murabbiylari, ota-onasi va yaqinlariga minnatdorlik bildirdi.
Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov alohida e’tibor va yuksak ishonch, sportchilarga barcha sharoitlar yaratilgani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor etib, g‘alabalarini Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlashlarini aytishdi.


Shavkat Mirziyoyev avvalroq Parij olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltinni taqdim etgan dzyudochi Diyora Keldibekovaga ham telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
18:03 / 24.08.2025