O‘zbekiston | 09:00 / 14.08.2024
7181
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Rahimov School - bitiruvchilarning 100 %i nufuzli universitetlarga o‘qishga kirdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Rahimov School xususiy maktabi faoliyatiga endigina 1 yil bo‘lishiga qaramay, bitiruvchi sinf o‘quvchilar allaqachon chet el nufuzli universitetlarining talabalari bo‘lishga ulgurishdi.

Rahimov School haqida

Rahimov School 2023 yilda tadbirkor va ta’lim sohasida sakkiz yillik tajribaga ega pedagog — Aziz Rahimov tomonidan asos solingan xususiy maktab hisoblanadi. Maktab missiyasi — har bir bolada mavjud bo‘lgan iste’dodni namoyon eta olishlariga yordam berish, o‘quvchilar o‘zlari chin dildan xohlab maktabga borishlarini ta’minlashdan iborat.

Nega aynan Rahimov School?

1. Saralangan o‘quvchilar

Maktabning dastlabki faoliyati davomida, umumiy 357 ta o‘quvchi kirish imtihonlari orqali saralanib olindi. Bu imtihonlardan ko‘zlangan maqsad esa mantiqiy ko‘nikmalarga ega hamda iqtidorli o‘quvchilarni yig‘ish.

Imtihonlar quyidagi tartibda olib boriladi:

• Mantiq;

• Psixolog bilan suhbat.

2. Malakali pedagoglar

Rahimov School’ga respublika bo‘yicha 2000 dan ziyod pedagoglar ariza topshirishgan bo‘lib, uch bosqichda imtihon va suhbat orqali ulardan atigi 20 nafari saralanib olindi.

Maktabdagi har bir pedagog nafaqat yuqori kasbiy salohiyatga ega ustozlar, shu bilan birga, bolalarga ta’lim berishni sevuvchi o‘qituvchilar.

3. Zamonaviy sinfxonalar

Maktab binosi va sinfxonalari bolalar darslarni oson o‘zlashtirishlari uchun elektron doskalar va qulay parta, stullar bilan ta’minlangan.

4. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar

O‘quvchilar o‘zlari qiziqishlariga qarab qo‘shimcha dars-mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish imkoniga egalar. Xususan, shaxmat, robototexnika, pazandachilik, kompyuter savodxonligi, ingliz tili, matematika, arab tili to‘garaklari shular jumlasidan.

5. Stipendiya

O‘quvchilar fanlarni o‘zlashtirishi hamda til bilishni baholovchi sertifikatlari borligiga qarab, stipendiya dasturi joriy etilgan.

6. Soha mutaxassislari tomonidan master-klasslar

Har hafta turli tadbirlar tashkil etiladi hamda shu orqali o‘quvchilar o‘z iqtidorlarini namoyon qilib borishadi desak bo‘ladi.

7. Mazali va sifatli taomlar

O‘quvchilar sinflariga qarab, 1-3 mahal sifatli va mazali taomlar tanovul qilishadi. Bolalarga gazli ichimliklar, shakar miqdori yuqori bo‘lgan shirinliklar berilmaydi.

IELTS/SAT natijaga ega bo‘lgan o‘quvchilarimiz

Rahimov School’ning yuqori sinfda o‘qiyotgan 40 dan ziyod o‘quvchilari IELTS va SAT xalqaro imtihonlaridan yuqori natijalar olishga muvaffaq bo‘lishdi.

IELTS imtihonida:

•         2 nafar o‘quvchi — 8.0 ball;

•         6 nafar o‘quvchi — 7.5 ball;

•         8 nafar o‘quvchi — 7.o ballni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, bitiruvchi sinf o‘quvchilar dunyo reytingida TOP 100 talikka kiruvchi universitetlarga o‘rtacha hisobda $ 4.5 mln miqdorda grant yutishga erishib kelishmoqda.

2023-2024 o‘quv yilidagi bitiruvchilarimizning barchasi oliy o‘quv yurtlariga kirishga muvaffaq bo‘lishdi.

FLEX dasturi g‘olibi

 “FLEX” dasturi — bu o‘zbekistonlik o‘rta maktab o‘quvchilariga Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir yillik bepul ta’lim va yashash imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro almashinuv dasturidir.

Maktabning 10-B sinf o‘quvchisi Xamdamov Sardor, FLEX (Future Leaders Exchange)  dasturida g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi va endilikda, Sardor 11-sinfni Amerikadagi maktablardan birida o‘qib kelish imkoniga ega.

Mamnun ota-onalar

Rahimov School’da farzandlarini o‘qitishni boshlagan ota-onalar, farzandlari yaxshi tomonga o‘zgarishni boshlaganliklari, fanlarga, kitobxonlikka qiziqishlari oshganliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Qolaversa, ota-onalar farzandlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida har oy xabardor qilib boriladi.

Maktabga kirish uchun talablar

Maktabga o‘qishga qiziqish bildirganlar mantiqdan imtihon va psixolog suhbatidan o‘tishlari talab etiladi.

Farg‘ona filiali

Joriy o‘quv yilida Rahimov School’ning Farg‘ona filiali ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Farg‘onada istiqomat qiluvchi ota-onalarni maktab sharoitlari va imkoniyatlari bilan tanishishga taklif qilamiz. Farg‘ona filial telefon raqami: +998781130005

Batafsil ma’lumot: https://rahimovschool.uz/ → Telegram bot

Telefon:  (78) 1130005

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Katta halqa yo‘li ko‘chasi.

Mo‘ljal: Lokomotiv bog'i ro‘parasi.

Reklama huquqi asosida