Jamiyat | 19:56 / 20.08.2024
33862
3 daqiqa o‘qiladi

Yaqinroq va yorqinroq: Superoy hodisasi – dunyo fotograflari nigohida

19 avgust kuni Oy Yerga maksimal yaqinlashib, oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq ko‘rindi. Ajoyib astronomik hodisa vaqtida superoy bilan uyg‘unlashgan binolar fotojamlanmasini e’tiboringizga havola qilamiz.

19 avgust kuni O‘zbekiston vaqti bilan 23:26 da astronomik hodisa – Superoy va Moviy Oy hodisalari kuzatildi.

Kamdan kam uchraydigan bunday hodisa kelasi safar 2037 yilda bo‘lishi mumkin. Superoy 3 kun davomida, yakshanba kuni kechki paytdan chorshanba tungi vaqtgacha to‘liq ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Aynan, 19 avgust tun vaqtida esa Oy Yerga maksimal yaqinlashdi va u oddiy to‘lin oydan 14 foiz kattaroq va 30 foiz yorqinroq bo‘ldi.

Birinchi “Super-oy” atamasi 1979 yilda astrolog Richard Noll tomonidan ishlatilgan. Uning moviy atalishini esa rangga aloqasi yo‘q, “Moviy oy” – mavsumning uchinchi to‘lin oyiga berilgan nom.

Yil davomida yerga eng yaqin va yorqinroq ko‘rinadigan sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshi birinchilardan bo‘lib fotograflarning e’tiborini tortadi. Kun.uz bahaybat Oy bilan “uyg‘unlashgan” suratlar kolleksiyasini taqdim etadi.

Kun.uz fotomuxbirining obektivida – Toshkent ramzlaridan biri teleminora va superoy

Toshkent teleminorasi uzra superoy. Foto: Muhammadjon G‘aniyev / Kun.uz
Toshkentdagi charxpalak va superoy. Foto: Muhammadjon G‘aniyev / Kun.uz
Istanbuldagi mashhur G‘alata minorasi va Superoy. Foto: Anadolu Agency
Istanbuldagi mashhur G‘alata minorasi va Superoy. Foto: Anadolu Agency
Qubbatus-Sahro gumbazi va Superoy. Al-Aqso majmuasi, Quddus.
Rio de Janeyrodagi toqqa olib chiquvchi dor yo‘li kabinkalari va Superoy.
Afina janubidagi qadimgi Poseydon ibodatxonasi qoldiqlari orqasidan ko‘tarilayotgan Super moviy oy.
Daniyaning Kopengagen shahri ustidagi Superoy va uning qarshisida parvoz qilayotgan samolyot. Foto: Tomas Trasdal / AFP
Ispaniyaning Arkos de la Frontera shahrida uzra ko‘tarilayotgan Superoy. Foto: Xorxe Gerrero / AFP
Super Moviy Oy Virjiniya shtatining Arlington shahridagi joylashgan AQSh harbiy-havo kuchlari yodgorligi uzra ko‘tarilmoqda.
Foto: J. Devid Ake / Getty Images
Parijdagi Eyfel minorasidagi projyektor nurlari yo‘lidagi Superoy. Foto: Kristian Xartmann / Reuters
Eyfel minorasi ortidan ko‘tarilayotgandek Superoy. Foto: Muhammad Badra / EPA
Ostin shahri osmono‘par binolari ortidan ko‘tarilayotgan Superoy, Texas AQSh.
Foto: Sara Diggins / American Statesman.
Ostin shahri osmono‘par binolari ortidan ko‘tarilayotgan Superoy, Texas AQSh.
Foto: Sara Diggins / American Statesman.
Sidney osmonida tasvirga tushirilgan Super moviy oy. Foto: Said Xon / AFP

Mavzuga oid