Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Fransiyada hibsga olindi
Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga o‘z shaxshiy samolyotida borganda Le Burjye aeroportida qo‘lga olingan.
Fransiya huquq tartibot organlari Durovni "narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik"da ayblamoqda. Bunga sabab qilib Messenjerda moderatsiya yo‘qligi va qonunni himoya qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikdan bosh tortgani ko‘rsatilmoqda.
Durovni tintuv qilishga izn beruvchi order u faqat Fransiya hududida bo‘lganda haqiqiy bo‘lgan, deb xabar beradi TF1 telekanali. Durov Parijga o‘z oyoqlari bilan borgan va hibsga olingan.
Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblari isbotlansa u 20 yilga qamalishi mumkin.
Boz ustiga, Fransiya Durov ustidan o‘tkaziladigan sud jarayonidan Telegram'ga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini joriy qilish uchun foydalanishi mumkinligi aytilmoqda.
Durovning hibsga olinishi fonida unga tegishli TON kriptovalutasi ham 15 foizga quladi.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026