Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
Ekipaj yuzaga kelgan yoriqni yopishni uddalay olmagan va 260 tonnali kema Johor shtati sohillarida bir necha soat ichida cho‘kib ketgan.
Malayziyada 45 yillik harbiy-dengiz kemasi noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashuvdan keyin cho‘kib ketdi, deb xabar beradi Associated Press.
Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari bayonotida keltirilishicha, 25 avgust kuni KD Pendekar kemasining mashina bo‘linmasida suv sizib chiqishi aniqlangan va bu oxir-oqibat kemaning cho‘kib ketishi bilan yakunlangan. Ekipaj yuzaga kelgan yoriqni yopishni uddalay olmagan va 260 tonnali kema Johor shtati sohillarida bir necha soat ichida cho‘kib ketgan. Ekipajning barcha 39 nafar a’zosi evakuatsiya qilingan, hech kim jarohatlanmagan.
«Taxminlarga ko‘ra, suv toshishiga kemaning suvosti obekti bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan», — deyiladi bayonotda. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Malayziya mudofaa vaziri Muhammad Holid Nordin mamlakat flotining kamida uchdan bir qismini tashkil etadigan 40 yildan eski harbiy kemalarni tekshiruvdan o‘tkazishni buyurdi. Shvetsiyada qurilgan Pendekar kemasi 1979 yilda flotga foydalanishga topshirilgan edi.
«kemalarimizning ayrimlari eski ekanini rad etmaymiz, ammo bu halokatning asosiy sabablaridan emas… Va ta’kidlash kerakki, baxtimizga hech kim halok bo‘lmadi», — deydi mudofaa vaziri.
Holidning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat flotini modernizatsiya qilish, jumladan, sohil bo‘yi kemalarini qurish ishlari davom etmoqda, ularning birinchisi 2026 yilda foydalanishga topshiriladi. Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, idora Turkiyadan ham kemalar xaridi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026