Bank rahbari Uchquduq tumaniga hokim bo‘ldi
“Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan Uchqun Elmurodov Uchquduq tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Soli Hamroyev prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatidagi tizimli kamchiliklar sababli ishdan olingandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Elmurodov Uchqun Fayzullayevich Navoiy viloyati hokimining tegishli qarori bilan Uchquduq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchqun Elmurodov 1986 yilda Konimex tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yildaToshkent moliya institutini hamda 2012 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
2017 yil may oyidan buyon Uchquduq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Soli Hamroyev avvalroq prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli ishdan olingan edi.
Oldinroq viloyatning G‘ozg‘on shahiga ham yangi hokim tayinangandi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 17:31
-
FlyArystan Atirau va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 16:49
-
Rim papasining lavozimga kirishish tadbirida O‘zbekiston vakili qatnashdi
Jahon | 16:27
-
Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

12:59 / 18.02.2024
Uchquduqda o‘quvchilar kinomobilda kino ko‘rishga olib borildi. Bu vaqtda havo qattiq sovuq bo‘lgan

19:18 / 27.09.2023