Navoiy viloyati Uçquduq tumanida budjet taşkilotlarida işlovçi xodimlar hamda maktab öquvçilari köçada, kinomobilda film körişga majburlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, viloyat hokimligi hamda "Medial Illusion" XK hamkorligida hududga yuk avtomobiliga moslaştirilgan köçma kinoteatr olib borilgan. Uşbu kinomobil ayni paytda viloyatning şimoliy hududlarida filmlar namoyişini ötkazmoqda.
Jumladan, 17 fevral kuni soat 16:00 da Uçquduq tumanida badiiy film namoyişi ötkazilgan. Manbaga köra, tumandagi budjet taşkilotlari xodimlari, öqituvçi va öquvçilar sovuq havoda tomoşaga borişga majburlangan. Çipta narxi bolalar uçun 10 ming söm, kattalar uçun 20 ming söm qilib belgilangan.

«Tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği Jamşid Xalilov tomonidan maktab direktorlariga öquvçi olib boriş yuzasidan topşiriq berildi. E’tiroz bildirsak iş faoliyatimizni tekşirişga odam yuborib, çora berişadi. Kattalar-ku çidar, bolalarni öylaşsa bölardi», deydi Kun.uz jurnalisti bilan gaplaşgan, ismini oşkor qilişni istamagan ta’lim sohasi vakillaridan biri.
Kun.uz holatga izoh oliş maqsadida Jamşid Xalilov bilan boğlandi. Uning bildirişiça, topşiriq tuman hokimligidan bölgan.
«Topşiriq qayerdan kelişini hamma biladi, lekin doim uni bajarganimiz uçun biz aybdor bölamiz. Majburlamadik heç kimni, biz faqat boruvçi öquvçilar röyxatini şakllantirib berdik», deydi u. Biroq oddiy kino tomoşasi uçun röyxat nega va kimga kerak böldi, degan savolga javob bera olmadi.
- Eslatib ötamiz, «Özgidromet» 5 kun oldin 17–19 fevral kunlari Özbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelişidan ogohlantirgandi. 17 fevral kuni Navoiy viloyatining şimoliy hududlarida kunduzi –3...–8 daraja sovuq bölgan.











