O‘zbekistonda eng katta ebru tasviri bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi
“Ebru uslubidagi eng katta tasvir” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga navbatdagi jahon rekordi qayd etildi. Rasmda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi va “O‘zbekiston – Mustaqillikka 33 yil” yozuvi tasvirlangan.
Eng katta ebru tasvirining maydoni 20,86 kv.metrni tashkil etadi.
Ushbu tasvirni kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan turkiyalik Ali Ahmed Choktan yaratdi.
Sheyda Subashi rekordni tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni “Saipro Group” MChJ rahbari Ravshanxon Djurayevga topshirdi.
Green Hills Resort hududida “Saipro Group” tashabbusi bilan “Ebru, kitobat san’ati” muzey-studiyasi yaqin orada paydo bo‘ladi. Bo‘stonliq tumanida muzey-studiyaning yaratilishi yangi turistik destinatsiyalar ochish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi. Studiya mahalliy va xorijlik sayyohlarga noyob san’at asarlarni sotib olishga ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ko‘magida yurtimiz tabiatining go‘zalligini qog‘ozda aks ettirishga harakat qilgan 33 nafar ijodkor ishtirokida “Yangi O‘zbekiston tongi” ko‘rgazmali pleneri tashkil etildi.
Iste’dodli rassom Shohruh Suyunov bir vaqtning o‘zida bir nechta rasm chizish san’atini namoyish etdi. U har ikkala qo‘ldan foydalanib, buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy, Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Rayhon Beruniy portretlarini chizgan. Ahmet Choktan tomonidan o‘ziga xos deb e’tirof etilgan iste’dod sohibi kelajakda yana bir Ginnes rekordchisiga aylanishi hech gap emas.
Eslatib o‘tamiz, Ginnes rekordini o‘rnatish bo‘yicha tadbir tashabbuskori “Saipro Group” MChJ hisoblanadi. Bu jarayonni Toshkent viloyati hokimligi (toshkentviloyati.uz), «Uzreport TV» (youtube.com/@uzreport/featured), O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (art-academy.uz/uz), “O‘zmilliybank” AK (nbu.uz/uz), shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” (uzs.uz ) va “O‘zcharmsanoat” (uzcharm.uz/ru) uyushmalari ham faol qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu tadbir haqida batafsil video lavhamizda tomosha qiling.
Mavzuga oid
13:36 / 10.05.2022
“Eng uzoq karera uchun” - bir kompaniyada 84 yil ishlagan xodim Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
21:26 / 19.10.2020
Misrlik Ezzeldin Bahodir Ginness rekordlar kitobidan joy oldi
14:36 / 15.03.2019
Yaqin bir oy ichida Ginnescning rekordlar kitobi o‘zbekistonliklar tomonidan yana bir bor zabt etilishi mumkin
08:01 / 24.10.2018