Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” boğida yangi Ginnes rekordi örnatildi. Jarayonda jami 2 ming nafar yoş muhandis qatnaşdi. Iştirokçilar dala şaroitida paxtani tez va aniq terişga moslaştirilgan 1946 ta kiçik robotni bir vaqtning özida yiğişga muvaffaq böldi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda rekordni yangilaşda qatnaşgan yoşlar loyihaning qanday ötgani va unga tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirib berdi.

18 avgust kuni “Yangi Özbekiston” boğida 2000 nafar yoş muhandis bir vaqtning özida mini-robotlarni yiğişga urinib kördi. Jarayonda kombayn vazifasini bajaruvçi, ya’ni paxta teruvçi kiçik robotlar yasaldi. Ulardan 1946 tasi öşa vaqtning özida muvaffaqiyatli işga tuşirildi va bu natija bilan Özbekiston muhandislik yönalişida ilk bor Ginnes rekordini yangiladi.

Loyihada injyenerlik böyiça boşlanğiç bilimga ega, 15 yoşdan 25 yoşgaça bölgan yigit-qizlar iştirok etdi. Ular mamlakatning turli hududlaridan suhbat va amaliy topşiriqlar asosida tanlab olindi.

“Saralangan iştirokçilarga robotlarni töğri yiğiş böyiça master-klasslar taşkillaştirib, ularning bu boradagi könikmalarini oşirdik. Qatnaşçilarning 1000 nafari hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridan, 930 nafari Toşkent şahridagi oliygohlardan, 50 nafari Prezident ta’lim agentligi tizimidagi maktablardan, yana 20 nafari imkoniyati çeklangan yoşlardan iborat böldi”, – deydi taşkilotçi Sardor Qiyomov.

Uning aytişiça, avvalgi rekord 2023 yilda Hindistonda qayd etilgan bölib, unda 1459 nafar öquvçi robot yiğgan edi. Bu safar özbekistonlik yoşlardan taşkil topgan jamoa 1946 ta robotni yiğib, natijani yangiladi.

Rekord örnatilgunga qadar bir neça oy davomida jarayonga tayyorgarlik işlari olib borilgan. Özbekistonda bu tajriba ilk bor sinab körilgani uçun bir qator kamçiliklar ham kuzatilgan. Jumladan, lazer stanokdagi xato sabab minglab detallar kuyib ketgan, keyin taşkiliy jamoa ularni qaytadan yiğişga majbur bölgan. Şuningdek, ayrim töplamlarning içiga notöğri detallar aralaşib joylangani uçun ikki keça davomida 2 000 ta robot qayta oçilib, tarkibiy qismlari takroran tekşirib çiqilgan.

“Har bir bosqiç: paykalaş, 3D printerdan çiqqan detallarni tekşiriş, motorlarni ulaş, qadoqlaş – hammasi alohida jamoaviy mehnat talab qildi. Biz şunçaki 25 daqiqada robot yiğmadik, buning orqasida bir neça haftalik maşaqqatli mehnat turibdi”, – deydi taşkilotçi Mirqobil Mirvosilov.

Iştirokçilarga 25 daqiqa içida mini-robotlarni yiğib, ularni işga tuşiriş topşiriği berilgan edi. Qatnaşçilarning ayrimlari 3,5 daqiqa içida qurilmani yasaşni tugallagan bölsa, ba’zilari texnik kamçiliklar va hayajon tufayli buning uddasidan çiqa olmagan.

“Rekord örnatişda iştirok etiş qiziq böldi, lekin hammasi ham oson keçmadi. Eng katta qiyinçilik vaqt bosimi edi. Köp narsani qisqa muddatda bajarişimizga töğri keldi. Ba’zi detallarning yetib kelişi keçikdi, bu esa robotni yiğiş işlarini sekinlaştirdi. Köpçilik bir joyda işlagani uçun tartibni saqlaş ham muammo böldi. Kimdir elektr simlarini ulayotganda şoşganidan uzib yubordi. Ayrim robotlar esa sinov jarayonida işlamay qoldi. Öşa paytda biroz tuşkunlikka tuşdik, lekin jamoaviy hisobda rekordni yangilaganimizdan keyin hammasi ötib ketdi”, – deydi Muhsinjon Movutaliyev.

Özbekiston şu paytgaça Ginnes rekordlar kitobiga asosan oşpazlik kabi maişiy yönalişlarda kirgan edi. Endilikda esa texnik intellekt va muhandislik böyiça ham tarixiy natija qayd etildi. Iştirokçilarning fikriça, bu rekord yoşlarda muhandislikka bölgan işonç va qiziqişni yanada oşiradi.

“Ginnes rekordlaridagi natija orqali butun dunyo Özbekiston yoşlarini kördi. Biz muhandislikda salohiyatimiz borligini isbotladik. Endi bu sohaga mamlakatimizda yanada yaxşiroq e’tibor qaratilişiga umid qilamiz”, - deydi Diyorbek Risqiboyev.

Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.

Jurnalist: Diyoraxon Nabijonova,
operatorlar: Abdulloh Hasanov, Ziyaddin Mammatjonov,
montaj ustasi: Abdulloh Hasanov.