Prezident mustaqillik bayrami arafasida 522 kishini afv etdi
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida 19 nafar chet el fuqarosi, 27 nafar taqiqlangan tashkilotlardagi shaxslar mavjud.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning o‘ttiz uch yilligini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 522 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 60 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Afv etilganlarning 19 nafarini chet el fuqarolari, 56 nafarini ayol, 25 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 233 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 27 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:42
-
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi
Jahon | 13:41
-
Qoraqalpog‘istonda kunjut va mosh ekinlari ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 13:35
-
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi
Jahon | 12:50
Mavzuga oid

15:26 / 30.08.2024
SSV mustaqillik bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi bo‘yicha ma’lumot berdi

16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?

11:45 / 06.12.2023
Kreml qamoqdagi ayrim ayollarga amnistiya e’lon qilishi mumkin

19:17 / 31.08.2023