Venesuelada parlament payşanba, 5 fevral kuni amnistiya töğrisidagi qonunni birinçi öqişda bir ovozdan ma’qulladi. Bu qonun qabul qilinsa, siyosiy mahbuslar ozodlikka çiqişi mumkin. Qonun loyihasi matniga köra, amnistiya, xususan, “terrorizm”, “vatanga xiyonat” va “nafrat qözğatiş” moddalari böyiça hukm qilinganlarga ham tatbiq etiladi.

AFP agentligi tuşuntirişiça, aynan şunday ayblovlar Venesuelada hokimiyat tepasida bölgan mamlakat rahbari Nikolas Maduro (u 2026 yil yanvarda AQŞ qöşinlarining harbiy amaliyoti davomida qölga olingan), şuningdek uning ötmişdoşi — Venesuela prezidenti Ugo Çaves davrida siyosiy mahbuslarga qöyib kelingan.

“Biz keçirim söraymiz va biz ham keçirişimiz kerak”, — deya AFP Venesuela parlamenti raisi Xorxe Rodrigesning sözlarini keltiradi.

Ommaviy amnistiya haqida yanvar oyida Delsi Rodriges e’lon qilgan edi. U Nikolas Maduro AQŞ armiyasi tomonidan qölga olingandan keyin Venesuelaning vaqtinçalik prezidentiga aylangan. Uşbu amnistiyaning maqsadi “zöravonlik va ekstremizm bilan qözğatilgan siyosiy töqnaşuv natijasida paydo bölgan yaralarni davolaş” bölişi kerak, deb ta’kidlanadi. Şu bilan birga, keçiriş qotillik, narkosavdo va inson huquqlariga qarşi oğir jinoyatlar uçun hukm qilinganlarga tatbiq etilmasligi aniqlaştirildi.

AFP qayd etişiça, Venesuela davlatining vaqtinçalik rahbari sifatida Delsi Rodriges Vaşington bilan yaqinlaşiş siyosatini yuritişga intilmoqda. Xususan, Venesuelada allaqaçon yuzlab siyosiy mahbuslar ozod etilgan. Biroq yana bir neça yuz kişi hali ham qamoqxonalarda qolmoqda.

Şuningdek, AQŞ talabi bilan Venesuelada mamlakatning neft bozorini xususiy investorlarga oçadigan qonun ham qabul qilindi. Şu munosabat bilan AQŞ uşbu sohadagi sanksiyalarni yumşatişini e’lon qildi.

Ayni paytda Venesuela muxolifat yetakçilaridan biri, tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Mariya Korina Maçado mamlakatda yaqin ön oy içida demokratik saylovlar ötkaziş mumkin, degan fikrni bildirdi. “Menimça, töqqiz-ön oydan keyin qölda ovoz beriş bilan haqiqiy şaffof (saylov — tahr.) jarayonini ötkaziş mumkin”, — dedi u AQŞdagi Politico onlayn naşriga bergan intervyusida.

Maçado Venesuelada yangi saylovlar ötkaziş ehtimoliy muddatlarini AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilmaganini aytdi. Tramp esa yanvar oyida The New York Times gazetasiga bergan intervyusida AQŞ Venesuela boşqaruvini qança vaqt “kuzatib/nazorat qilib” borişi “faqat vaqt ötib ma’lum böladi”, degan edi.