Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Toshtemirov - Paralimpiada chempioni, Guljanoy Naimovada kumush
Parij Paralimpiadasida para taekvondo bahslarida O‘zbekiston navbatdagi medallarini qo‘lga kiritdi.
-80 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Asad Toshtemirov finalda meksikalik Luis Mario Najyerani 38:17 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempionligi yoniga Paralimpiada g‘olibligini ham qo‘shib qo‘ydi.
+65 kg vazn toifasida dayanga chiqqan, Tokio-2020 chempioni Guljanoy Naimova esa finalda britaniyalik Emi Trusdeylga qarshi bahsda jarohat olib, jangni oxirigacha davom ettirolmadi va 2:8 hisobida yutqazib, bu safar kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi — 4 oltin, 3 kumush, 3 bronza.
Mavzuga oid
20:21 / 06.09.2024
Prezident Sherzod Namozov va Husniddin Norbekovni tabrikladi
20:19 / 06.09.2024
Paralimpiada-2024. Kumush Xo‘jayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi
00:48 / 06.09.2024
Husniddin Norbekov - 3 karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
23:00 / 05.09.2024