Prezident Sherzod Namozov va Husniddin Norbekovni tabrikladi
Bugun, 6 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov
«Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi.
Yengil atletika bo‘yicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlatimiz rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini ta’kidladi. Xalqimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak e’tibor va doimiy qo‘llov uchun minnatdorlik bildirdi», - deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o‘zidayoq 9ta oltin, 6ta kumush va 5ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. Vakillarimiz so‘nggi ikki turnirda 8tadan oltin medalga ega chiqishgandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44 / 01.06.2025
Mavzuga oid

20:19 / 06.09.2024
Paralimpiada-2024. Kumush Xo‘jayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi

00:48 / 06.09.2024
Husniddin Norbekov - 3 karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi

23:00 / 05.09.2024
Sherzod Namozov - ikki karra Paralimpiada chempioni

16:29 / 04.09.2024