Jamiyat | 08:00 / 09.09.2024
3622
1 daqiqa o‘qiladi
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Chilonzor tumanida 27 yoshli haydovchi 41 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Joriy yilning 8 centyabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan (erkak) J.X. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib 1983 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024
Yashirincha xususiylashtirish, metan-shoxobchadagi voqea va yoshlarga yangi imkoniyat - hafta dayjesti
14:37 / 27.02.2024
«Bunyodkor» bilan emas, «Zeromax» bilan shartnoma tuzilgan edi» - Murod Aliyev Rivaldo va Denilsondan qarzdorlik masalasi haqida
21:10 / 23.02.2024