Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Intellektual mulk obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko‘ra huquqbuzar tomonidan tovon to‘lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, patent egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin.
Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi.
Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
Ilgari bunday normalar mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
19:13 / 10.10.2025
Hislarni boshqarish san’ati: emotsional intellekt nima va qanchalik muhim?
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
07:50 / 24.10.2024