Toshkent viloyatida ag‘darilgan yuk mashinasi pachaqlanib ketdi
Hodisa oqibatida yuk mashinasi butunlay yaroqsiz holga kelgan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 11 sentabr kuni soat 22:00 larda Toshkent Bo‘stonliq tumani "Chimyon" MFY hududidagi ichki yo‘lda 29 yoshli yoshli haydovchi MAN TGS 41" rusumli yuk mashinasi boshqaruvini yo‘qotgan.
Oqibatda yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida transport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan. Haydovchi tan jarohati olmagan, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:30 / 17.09.2024
Toshkentda yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan Cobalt aylanib ketdi
21:00 / 16.09.2024