O‘zbekiston | 09:07 / 12.09.2024
1276
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Toyvo Klaar YeIning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U bundan avval Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkazdagi maxsus vakili bo‘lgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Toyvo Klaar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qo‘shish tarafdori. 

“Bugungi uchrashuvimiz kun tartibidan O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash va dolzarb global masalalar o‘rin oldi. Ishonchimiz komilki, janob elchining tajribasi va mintaqamiz bo‘yicha keng bilimi uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi samarali bo‘lishiga xizmat qiladi”, deb yozdi vazir.

Iyul oyida Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Ma’lumot uchun, Toyvo Klaar bundan avval Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkazdagi maxsus vakili bo‘lgan.

Mavzuga oid