Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 19:34 / 14.09.2024
14099
1 daqiqa o‘qiladi
“Tashabbusli budjet”da 177 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra:
- Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;
- loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;
- mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan.
Bu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan bu havola orqali tanishish mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:10 / 21.03.2026
58 ovozdan 13 ming 386 ovozgacha. «Tashabbusli budjet» g‘oliblari e’lon qilindi
18:28 / 15.03.2026
“Mukofotlar uchun emas, o‘zgarishlar uchun ovoz bering” - Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11:03 / 11.03.2026
Turli “o‘yinlar” sabab 10 ta tuman va shahar “Tashabbusli budjet”da sanksiyaga uchradi
12:58 / 03.03.2026