O‘zbekiston | 09:00 / 19.09.2024
3438
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi

Foto: Ucell

Bugun OOKLA kompaniyasining savdo direktori Viktor Zeng ICT Week Uzbekistan doirasida “COSCOM” MChJga (Ucell savdo belgisi) internet samaradorligini tekshirish va o‘lchamlar bozorida jahon yetakchisi OOKLA oltin mukofotini topshirdi. Speedtest Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Ucell 2024 yilning birinchi yarmida tarmoqqa ulanish tezligi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi uyali aloqa operatori deb topildi*.

Uch yil davomida Ucell'ning O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga kiritgan sarmoyasi 354 million dollardan oshdi. Shu bilan birga, bir so‘m ham, bir dollar ham foyda mamlakatdan tashqariga chiqib ketmadi: barchasi mobil aloqa va internetni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Ucell mobil aloqa tarmog‘i obektlari va antenna machta inshootlari soni qariyb ikki barobar oshdi. 4116 ta mavjud stansiyalar modernizatsiya qilindi. 12614 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi. Uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun 19 ming dona akkumulyator batareyalari almashtirildi.

2023-2024 yillarda Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida mobil aloqa tarmog‘i infratuzilmasini chuqur modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, tayanch stansiyalari jihozlari to‘liq yangilandi.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

“Ucell mutaxassislari mamlakatimizning barcha hududlarida: Surxondaryoning baland tog‘li qishloqlaridan tortib Orol dengizi sohillarigacha bo‘lgan hududlarda Ucell tayanch stansiyalarini to‘rtinchi avlod 4G LTE aloqasi bilan jihozlash bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Farg‘ona vodiysi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida har uchala viloyatdagi yirik aholi punktlarining 87 foizdan ortig‘i 5G tarmog‘i bilan ta’minlandi Bu Ucell abonentlarini hatto eng chekka hududlarda ham yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash imkonini berdi. OOKLA oltin mukofoti har bir Ucell xodimi mehnatining natijasidir”.

Viktor Zeng, OOKLA, Savdo direktor:

“Kompaniya tomonidan qo‘llanadigan uslubiyot barcha mamlakatlarda standartlashtirilgan va mutlaqo shaffofdir. Uzoq yillik kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, Ucell so‘nggi yillarda mamlakatda yuqori tezlikdagi mobil internetning asosiy boshqaruvchisiga aylanmoqda”.

Kompaniya O‘zbekistonda aloqa va texnologik taraqqiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashga intilmoqda. Ucell mobil operatori yangi tayanch stansiyalarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va 5G mobil aloqasi qamrovi hududlarini kengaytirish orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Kompaniyaning barcha viloyat va shaharlarida 150 ta zamonaviy, texnologik jihatdan ilg‘or savdo shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada: “COSCOM” MChJ abonentlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib kelmoqda: 9 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Ucellʼni afzal ko‘rishmoqda.

Ucell kompaniyasining missiyasi: “Oddiy, arzon va ishonchli xizmatlarni taqdim etamiz – odamlar bilan va odamlar uchun ishlaymiz”

*Xalqaro "Ookla" kompaniyasining Speedtest Intelligence ma’lumotlarni tahlil qilish natijalariga binoan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid