Jahon | 23:07 / 23.09.2024
7001
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi

Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi mojaro kengayib ketishidan xavotir bildirgan.

Foto: Getty Images

AQSh Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Pet Rayder Yaqin Sharqqa qo‘shimcha qo‘shin yuborilishi haqidagi qarorni ma’lum qildi. U qancha qo‘shimcha kuchlar kiritilishi va ular qanday vazifalarni bajarishiga aniqlik kiritmadi, deb yozdi «Kommersant».

Pentagon vakilining aytishicha, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Gallant bilan telefon suhbatlari o‘tkazgan va o‘t ochishni to‘xtatishni va kuchlarni Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirish uchun yo‘naltirishni so‘ragan.

«Keskinlikni hisobga olsak, mintaqaviy mojaroning kengayib ketish ehtimoli bor. Menimcha, bu hali boshlangani yo‘q, lekin vaziyat xavfli», dedi Rayder.

Isroil va Livan o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sababli, AQSh Davlat departamenti avvalroq Livandagi amerikaliklarga tijoriy reyslar mavjud bo‘lgan paytda mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan edi. Departament, shuningdek, qolishga qaror qilganlarga elchixona yordam bera olmasligidan ogohlantirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid