Iqtisodiyot | 10:10 / 25.09.2024
799
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Termiz xalqaro savdo markazida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharaman bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining izchil sa’y-harakatlari samarasida so‘nggi yillarda turli yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarilgani, investitsiyalar va savdo-sotiq ko‘rsatkichlari yuksalgani, hindistonlik turistlarning O‘zbekistonga oqimi faollashgani ta’kidlandi.

Hindistonlik tadbirkorlarning O‘zbekistondagi faoliyati ko‘lamini yanada kengaytirish, jumladan, Termiz xalqaro savdo markazida turli qo‘shma loyihalar amalga oshirish, respublikada ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlarning Hindistonga eksport hajmini yanada ko‘paytirish, shu maqsadda tovarlarning o‘zaro harakati uchun qulay muhit yaratish, tarif va notarif talablarni yumshatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, yetakchi xalqaro moliya tashkilotlari doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid