Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
Hindiston hukumati mamlakatdagi barcha smartfonlarda Sanchar Saathi ilovasini ishlatish imkonini yaratish uchun ishlab chiqaruvchilarga 90 kun muhlat berdi. Muxolifat bu talabni konstitutsiyaga zid, deb hisoblayapti.
Hindiston hukumati mamlakat fuqarolarining barcha smartfonlariga davlat tomonidan ishlab chiqilgan Sanchar Saathi ilovasini o‘rnatishni talab qildi. Apple, Samsung, Xiaomi va boshqa ishlab chiqaruvchilar kelasi 90 kun ichida bu ilovaga nafaqat yangi, balki foydalanilayotgan smartfonlarda ham, o‘chirib bo‘lmaydigan tarzda, kirish imkonini ta’minlashi kerak. Tegishli bayonot 1 dekabr, dushanba kuni Hindiston Matbuot axboroti byurosi (PIB) tomonidan e’lon qilindi.
Hokimiyat vakillarining aytishicha, bu chora kiberjinoyatchilik va firibgarlarga qarshi kurashish, shuningdek fuqarolarni davlat faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish uchun zarur. Sanchar Saathi ilovasi yaratuvchilarining ta’kidlashicha, dastur o‘g‘irlangan smartfonlarni topish, bloklash va ulardagi ma’lumotlarni boshqarishga yordam beradi. Ularga ko‘ra, ushbu ilova yordamida Hindiston fuqarolari 700 mingga yaqin o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan mobil telefonlardagi ma’lumotlarni tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Hindiston muxolifati va huquq himoyachilari esa bu talabni keskin tanqid qilib, uni konstitutsiyaga zid, deb atadi. Ular hukumat Sanchar Saathi orqali fuqarolar ustidan kuzatuv o‘rnatishni ko‘zlayapti, degan xavotirni bildirmoqda.
Reuters agentligi ismi oshkor etilmagan uch manbaga tayanib xabar berishicha, Apple o‘z smartfonlariga kiberxavfsizlikka oid bu davlat ilovasini oldindan o‘rnatish to‘g‘risidagi talabni bajarishni rejalashtirmayapti va Nyu-Dehli hukumatini bu boradagi o‘z xavotirlaridan xabardor qiladi.
Mavzuga oid
18:00 / 10.07.2026
Onlayn qimor va raqamli qaramlikdan himoya: 200 ming dollarlik “Tikoncha” ilovasi o‘smirlarni virtual tuzoqdan qanday asraydi?
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
08:50 / 08.07.2026