O‘zbekiston | 17:00 / 29.09.2024
7262
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar va zavqlanishning zamonaviy uslubi

Xaritalarda yangi diqqatga sazovor maskan - Tashkent City Mall paydo bo‘lganiga 7 oy bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida savdo-ko‘ngil ochish markaziga 7 milliondan ortiq kishi, jumladan, mahalliy aholi hamda O‘zbekiston madaniyati bilan tanishib, keng imkoniyatlar doirasidan ilhomlanayotgan sayyohlar tashrif buyurdi.

Foto: Tashkent City Mall

Mehmonlarda dastlabki taassurotni mahobatli atriumlar uyg‘otadi. Tashkent City Mall hududida tor yo‘laklar va past shiftlarni uchratmaysiz — ichki muhit juda yorug‘ va bahavo. Ko‘plab brend vakillari o‘zbek an’analariga murojaat qilgan – kirish va do‘kon intererlari yoysimon gumbazlar bilan bezatilgan, me’moriy yechimlar hunarmandchilikka yo‘naltirilgan, ranglar uyg‘unligi esa mamlakatning diqqatga sazovor maskanlari bezaklarini eslatadi.

Bu yerga kelgan har bir kishi o‘ziga xos taassurotlarga ega bo‘ladi: kimdir faol dam olish mashg‘ulotlarini — butiklarni aylanish, taomlanish nuqtalarida tushlik qilish, film tomosha qilish yoki ko‘rgazmada ishtirok etishni tanlasa, yana kimdir esa savdo markazining qavatlari bo‘ylab cho‘zilgan yorqin peshtaxtalar qurshovida o‘z xayollari bilan yolg‘iz qolish uchun keladi.

Tashkent City Mallʼga tashrif buyurishni rejalashtirar ekansiz, siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng maqbul tartibni tuzib olishingiz kerak. Bu muayyan nuqtalarga maqsadli tashrif yoki kundalik ishlar orasida muqobil xilma-xillik va ilhom izlash uchun tasodifiy aylanish bo‘lishi mumkin. Bu yerda kun juda tez o‘tadi. Tongni Befit Sky premium fitnes markazida tanangiz va ruhingizga yoqimli hislar taqdim etishdan boshlang. Tashkent City manzarasi ko‘rinib turuvchi zalda mashg‘ulotlarni yakunlagach, xushta’m qahvali nonushta uchun shinam qahvaxona yoki restoranlardan birini tanlang.

Keyin esa do‘konlarni aylaning — eng yaxshi xalqaro va mahalliy brendlar kolleksiyalaridan o‘zingizga mosini tanlab, yangi qiyofangizni yarating yoki to‘ldiring. Bundan tashqari, maishiy texnika, interer jihozlari va bezaklarini xarid qilib, vaqtni unumli o‘tkazishingiz mumkin. Yaqinlaringiz uchun sovg‘alarni ham unutmang.

Shopingdan zavq olgach, yana gastronomik rang-baranglikka sho‘ng‘ishingiz, dunyoning turli mamlakatlari oshxonalari ta’mlari, hidlari va ko‘rinishlari uyg‘unligiga baho berish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Bu yerda bir finjon qahva ustida ishga oid tushliklar yoki uchrashuvlar o‘tkazish juda qulay.

Oilangiz bilan savdo-ko‘ngil ochish markaziga borar ekansiz, siz nafaqat bolalar, balki kattalar ham yuqori darajada energiya oluvchi va aql bovar qilmas his-tuyg‘ularga ega bo‘luvchi noyob Sky Park ko‘ngilochar bog‘i xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Eng so‘nggi kinematografiya mahsulotlari Cinematica kinoteatrida namoyish etiladi va O‘zbekistondagi birinchi va yagona IMAX zali jahon premeralarini tomosha qilish taassurotini yanada oshiradi.

O‘zbekiston madaniyati bilan qiziquvchi mehmonlar uchun multimedia ekspozitsiyalari joylashgan hudud mavjud. Jadidlarning o‘ziga xos tarixidan bahramand bo‘lish uchun markazning ikkinchi qavatiga ko‘tarilish lozim.

Kunni Tashkent City parki yaqqol ko‘zga tashlanib turuvchi ayvonda maftunkor favvoralardan zavqlanib, kechki ovqatni tanovul qilish bilan yakunlashni tavsiya etamiz. Uyga qaytishda esa galmart supermarketiga kirib o‘tishni unutmang. Bu yerda sizni oziq-ovqatlarning poytaxtimizdagi juda keng tanlovi, doimo yangi holatdagi pishiriqlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar kutadi.

Tashkent City Mall o‘z mehmonlariga katta shahar hayotini berishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni, hattoki bulardan ziyodini ham taklif qiladi. Bu shunday makonki, unda dinamika, shaxsiy, oilaviy va ishbilarmonlik muloqotlari uchun imkoniyatlar hamda yangi, unutilmas taassurotlar uyg‘unlashgan.

Reklama huquqi asosida