Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
Uning ushbu lavozimga saylanishi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq, bosh vazirga shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga raislik qilish topshirilgan edi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
4 oktyabr kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hududlardan saylangan delegatlar, federatsiya a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shaxmat ustalari, murabbiylar hamda faxriylar ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibiga binoan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.
Xususan, shaxmat faxriysi Sindarov Komil Oydinovich shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh vaziri Aripov Abdulla Nigmatovich shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Qayd qilish joiz, Alisher Sa’dullayev 2022 yildan beri shaxmat federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan edi.
Abdulla Aripovning saylanishi 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq, bosh vazirga shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga raislik qilish topshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Husiychilar Qizil dengizda AQSh aviatashuvchi kemasiga hujum qilinganini bildirdi
Jahon | 13:42
-
Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
Jamiyat | 13:22
-
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi
Jahon | 13:18
-
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat
O‘zbekiston | 13:14
Mavzuga oid

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

16:24 / 12.02.2025
Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi

15:20 / 08.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi

17:46 / 07.01.2025