O‘zbekiston | 13:40
680
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekistonda islom sug‘urtasini joriy etmoqchi

Malayziya islom sug‘urtasi - takaful tamoyillarini O‘zbekistonda joriy qilishni rejalashtirmoqda. 

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchixonasida Malayziyaning Strategic Horizon Management System kompaniyasi bosh konsultanti Sayful Baxri bin Saroni va Abkari Risk Management kompaniyasi direktori Idrus bin Mat Nayan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Malayziya tomoni bilan O‘zbekistonda takaful sug‘urtasini joriy qilish bo‘yicha olib borilgan dastlabki tahlillar yuzasidan fikr almashildi.

Sayful Baxrining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’yektlarining yildan yilga islom moliyasi xizmatlariga qiziqishi ortib borayotgani sababli, mamlakatda islom sug‘urtasi ravnaqi uchun katta salohiyat mavjud.

Malayziyalik mutaxassislar O‘zbekistonda dastlabki bosqichda davlat sug‘urta kompaniyalari tarkibida alohida takaful xizmatlarini tashkil etish orqali ushbu tajribani bosqichma-bosqich xususiy sug‘urta kompaniyalarida tatbiq etishni taklif qilmoqda.

Buning uchun Malayziya tomoni Syarikat Takaful Malaysia Bhd., Takaful Ikhlas Sdn. Bhd va ETIQA Takaful Bhd. kabi mamlakatning hukumatga tegishli islomiy sug‘urta kompaniyalarini O‘zbekiston davlat sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikka jalb etish masalasini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid