Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llash uchun Ukrainaga harbiylarini yuborishi mumkin
Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, Putin va Kim Chen In imzolagan mudofaaga doir kelishuvda shunday band mavjud va bu harbiy hamkorlikni chuqurlashtirishning so‘nggi belgisi. Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari KXDR harbiylari allaqachon front chizig‘iga yetib kelganini bildirdi.
Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining muntazam qurolli kuchlarini Ukraina bilan urush hududlariga yuborishi mumkin. Bu rasmiy Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni chuqurlashtirishning so‘nggi belgisi, degan 8 oktyabr kuni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Hyun.
“Biz turli vaziyatlarni hisobga olgan holda Ukrainada Shimoliy Koreya zobitlari va askarlari orasida qurbonlar bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini baholaymiz. Shimoliy Koreya Rossiyaning urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq piyoda askarlarini yuborishi kutilmoqda”, — degan vazir.
Janublik amaldorga ko‘ra bu – Kim Chen In va Vladimir Putin tomonidan joriy yil iyun oyidagi sammit muzokaralarida imzolangan o‘zaro mudofaaga doir kelishuvda ta’kidlangan.
“Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy ittifoqqa o‘xshash o‘zaro shartnomani imzolagani sababli, bunday joylashtirish ehtimoli katta”, deya mudofaa vaziri Kim Yong Xyunning so‘zlarini keltirmoqda Yonhap agentligi.
Ukraina matbuoti 3 oktyabr kuni Donetsk yaqinidagi Rossiya tomonidan bosib olingan hududga raketa hujumi oqibatida Shimoliy Koreyaning olti harbiy zobiti halok bo‘lganini xabar qilgan edi. Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyun seshanba kungi chiqishida bu xabarning haqiqatligi “ehtimoli yuqori” ekanini aytdi.
Janubiy Koreya mudofaa vazirining bayonotidan keyin Ukraina dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko KXDR allaqachon harbiylarni yuborgani haqida ma’lum qildi.
“Allaqachon yuborgan. Cheklangan miqdordagi KXDR harbiylari, asosan muhandislar, Rossiya armiyasi tomonidan Pxenyan qurollarining sifati va ishlatilishini nazorat qilmoqda. Ularning ba’zilari allaqachon vafot etgan. O‘q-dorilar va KN23 ballistik raketalarining o‘zi asosan sifatsiz…” – degan Kovalenko.
Tahlilchilar Ukraina ham, Rossiya ham o‘z armiyasi saflarida chet ellik jangchilarni yollashi haqida aytib keladi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya ham Pxenyan Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga minglab konteyner qurol jo‘natganini da’vo qilmoqda.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024