Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina navbatda: Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi
Prezident urushni tezroq tugatish uchun Putin bilan uchrashishga tayyorligini ta’kidladi.
Ukraina AQSh muzokaralar guruhining kelishini kutmoqda, ammo bu juda cho‘zilib ketyapti. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Afsuski, bugun biz diqqat markazida emasmiz. Menimcha, Eron Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun birinchi raqamli masaladir. So‘ngra Ukrainaga navbat keladi», dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, aynan AQSh Putinni urushni tugatishga eng kuchli turtki bera oladigan davlatdir. Shu bilan birga, Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina uchun muzokaralarga Vashington ham, Yevropa ham jalb qilinishi eng yaxshi variant bo‘lar edi.
«Urush bu yerda, Yevropa qit’asida. Men haqiqatan ham eng kuchli variant AQSh va Yevropa vakillari deb hisoblayman. Ammo, aytganimdek, biz uchun baribir birinchi o‘rinda urushni tugatish turadi. Bu yerda muqobil yo‘l yo‘q. Shuning uchun men ochiq aytdim: biz har qanday formatni qo‘llab-quvvatlaymiz. Va men bu urushni tugatish uchun Putin bilan bevosita muzokaralarga tayyorman. Dunyodagi barcha mojarolar tugatilguncha navbatda turishni istamayman», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
13:30 / 17.07.2026
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026