O‘zbekiston | 11:00 / 19.10.2024
1342
1 daqiqa o‘qiladi

Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Misrning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri  Baxtiyor Saidov Misrning yangi elchisi etib tayinlangan Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildi.

"Misrning yangi tayinlangan Elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad janoblarini qutlab, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. 

Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi. Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.

Mavzuga oid