Joriy yil sentabrda boşlangan loyihada 1400 metrlik burğilaş va 1700 metr kanava kavlaş işlari olib borildi, laboratoriya tahlillari uçun 1500 dona probalar olindi.

Loyihaning birinçi bosqiçida ikki oyda 32 ta yangi iş örni yaratilgan va ularning deyarli barçasi mamlakat fuqarolaridir.

Özbekistonning Misrdagi elçixonasi hamda Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining sa’y-harakatlari natijasida bugungi kunga qadar amalga oşirilayotgan loyihaga 700 ming dollar töğridan töğri investitsiyalar jalb qilingan bölib, joriy yil yakuniga qadar uşbu körsatkiçni kamida 2 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Yil yakunigaça 3000 metrga yaqin burğilaş işlari olib borilişi közda tutilgan va şu maqsadda, loyihani faollaştiriş uçun 2-burğilaş uskunasi olib kelindi. Bu, öz örnida, dala geologik-qidiruv işlarining 2 barobar tezlaşişiga yordam beradi.

Burğilaş, proba oliş va geologik işlarga aynan Navoiydagi mahalliy korxonalar jalb qilinişi tufayli viloyat budjetiga qöşimça soliqlar tuşumi ta’minlanmoqda.