O‘zbekiston | 10:10 / 21.10.2024
4966
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston oltita xalqaro shartnomaga qo‘shildi
“Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston quyidagi bayonnoma, konvensiya va bitimlarga qo‘shildi:
- Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qo‘shimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018 yil 7 sentabr);
- Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qo‘shimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
- Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
- Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
- Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi bitimga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust);
- Pochta to‘lov xizmatlari to‘g‘risidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021 yil 26 avgust).
Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir shartnoma tasdiqlandi
07:16 / 20.08.2024