Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TSAHAL Nasrullohning ehtimoliy vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Isroil mudofaa kuchlariga ko‘ra, «Hizbulloh» yetakchisining ehtimoliy vorisi Hoshim Safiuddin va harakatning razvedka boshqarmasi boshlig‘i Ali Husayn Hazima Bayrutdagi razvedka shtabiga berilgan zarbada o‘ldirilgan.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Livandagi «Hizbulloh» guruhining sobiq yetakchisi Hasan Nasrullohning ehtimoliy vorisi Hoshim Safiuddin hamda «Hizbulloh» razvedkasi rahbari Ali Husayn Hazima o‘ldirilganini tasdiqladi. Isroil qurolli kuchlari bayonoti 22 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilindi.
Zarba taxminan uch hafta oldin TsAHAL tomonidan «Hizbulloh» ning Bayrutdagi asosiy tayanchi deb hisoblangan Dahiya tumanida amalga oshirildi.
Isroil harbiylari bunkerga zarba berdi
Isroil harbiy-havo kuchlari Dahiyadagi tinch aholi inshootlari ostida yerostida joylashgan «Hizbulloh»ning asosiy razvedka shtabiga aniq zarba berdi, deya xabar qiladi TsAHAL.
Hujum paytida shtabda 25 dan ortiq «Hizbulloh» jangchisi bo‘lgan, jumladan, harakatning Suriyadagi razvedka shtabida havo ma’lumotlarini yig‘ish uchun mas’ul bo‘lgan Bilol Soib Aish ham, deya qo‘shimcha qildi TsAHAL.
Avvalroq The New York Times gazetasi Isroilning uch rasmiysiga tayanib, «Hizbulloh» bosh kotibi Safiuddin Bayrutning janubiy chekkasi – Dahiyadagi yerosti bunkerida bo‘lib o‘tgan harakat rahbariyatining yig‘ilishida ishtirok etgani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
09:45 / 19.03.2026
TSAHAL Eronning har qanday yuqori lavozimli amaldorini o‘ldiradi
11:05 / 04.03.2026
Isroil Eronga qarshi “keng ko‘lamli zarbalar to‘lqini” haqida e’lon qildi
08:22 / 30.01.2026
TSAHAL G‘azoda taxminan 70 ming kishi halok bo‘lganini tasdiqladi
21:02 / 26.01.2026