Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats Isroil mudofaa armiyasiga (TSAHAL) nişonga tuşgan har qanday yuqori lavozimli eronlik amaldorni öldirişga ruxsat bergan, buning uçun qöşimça kelişuv talab etilmaydi. Bu haqda Kats 18 mart, çorşanba kuni bayonot berdi. U şunday dedi: “Isroil siyosati aniq va bir ma’noli: Eronda heç kim immunitetga ega emas, hamma nişon ostida”.
Şu bilan bir vaqtda vazir yaqin kunlarda Isroil harbiylari olib borayotgan operatsiyaning “barça yönalişlarida jiddiy kutilmagan hodisalarni kutiş lozim”ligidan ogohlantirdi. Uning aytişiça, bu harakatlar Eronga va u qöllab-quvvatlaydigan Livandagi radikal “Hizbulloh” guruhiga qarşi uruşni “yangi bosqiçga olib çiqadi”, Eronga qarşi hujumlar şiddati yanada oşadi.
Şu kuni Kats Isroil havo zarbasi natijasida Tehronda Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib öldirilganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, zarba ötgan keçasi berilgan. Isroil vazirining ta’kidlaşiça, Xatib “Eronda qotilliklar va repressiyalar uçun, şuningdek taşqi tahdidlarni yoyiş uçun javobgar bölgan rejimning içki apparatini boşqargan”.
Isroil va AQŞning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan buyon Eron hokimiyatining önlab yetakçi vakillari öldirilgan, ular orasida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy ham bor.
17 mart kuni Milliy xavfsizlik kengaşining boş kotibi Ali Larijoniy va harbiylaştirilgan “Basij” tuzilmasi qömondoni Ğulomrizo Sulaymoniy öldirilgani e’lon qilindi. Larijoniyning öldirilişi 28 fevral, ya’ni uruşning birinçi kuni Xominaiy öldirilganidan keyin Tehron rahbariyatiga berilgan eng jiddiy zarba böldi.














