O‘zbekiston | 19:00
2620
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

JETOUR T2: ekstremal sayohatlar uchun munosib krossover rasman taqdim etildi

Foto: Kun.uz

17 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida JETOUR T2 krossoverining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

JETOUR T2 bu — zamonaviy, jadal va nazariy dizayni bilan ajralib turadigan krossover. Uning brutal ko‘rinishi uni haqiqiy yetakchiga aylantiradi. Mashinaning oldi va orqa tomonidagi faralar har qanday ob-havoda yo‘lni aniq ko‘rish imkonini beradi. Zaxira g‘ildirak qutisi uning ko‘rinishiga yanada yaqinlik va yengilmas tuyg‘uni qo‘shadi. 20 dyuymli diski esa avtomobil shaklini yanada go‘zallashtirgan.

Interer va uyg‘unlik

JETOUR T2 intererida ergonomik o‘rindiqlar va charmdan ishlangan salon alohida diqqatni jalb qiladi. Ko‘p funksiyali rul nafaqat boshqaruvni osonlashtiradi, balki haydovchida hukmronlik tuyg‘usini oshiradi. 15,6 dyuymli displey bilan boshqaruv yanada qulaylashgan. Intererning jozibador taraflaridan yana biri – ekologik toza materiallardan ishlanganligida.

JETOUR T2 maksimal versiyasining kapoti ostida 2 litrli turbodvigatel joylashgan. U, shuningdek, BorgWarner XWD aqlli boshqaruvi va differensial qulfi bilan jihozlangan. 6+X rejimidagi aqlli boshqaruv tizimi mashinaga yo‘l sharoitlarini avtomatik ravishda aniqlash imkonini beradi. Bu aniq aytganda ancha murakkab yo‘llarda xavotirlanmasdan yurishingiz mumkin, degani.

JETOUR T2ʼda nafaqat haydovchi, balki yo‘lovchilar ham qulayliklardan bahramand bo‘lishi mumkin. Salondagi kenglik va yaratilgan qulayliklar buni ko‘rsatadi. JETOUR T2 o‘zida salon o‘zgartirish xususiyatiga ega. Ya’ni sizga yuk uchun kengroq joy kerak bo‘lganda ikkinchi qator o‘rindiqlarini buklash bilan yetarlicha hajmdagi joyga ega bo‘lish mumkin. Orqa qator o‘rindiqlari buklanganda yukxona hajmi 1494 litrga yetadi.

Innovatsion texnologiyalar va oqilona boshqaruv

JETOUR T2 krossoveri zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan, bu uni ekstremal shartlar uchun ham ideal vositaga aylantiradi. Avtomobilning barcha g‘ildiraklari harakatlanadi, chunki u juda mukammal XWD (aqlli to‘liq g‘ildirakli) harakatlanish tizimiga ega. Bu tizim BorgWarner’ning oltinchi avlodidan bo‘lib, vaziyatlarni avtomatik ravishda aniqlab, optimal boshqarish va differensialni quflashni ta’minlaydi.

XWD tizimi, talab qilinadigan holatlarda, to‘liq g‘ildirakli haydash rejimini faollashtirib, maksimal tortishish uchun kuchi optimal taqsimlanadi. Agar zarur bo‘lsa, orqa g‘ildiraklarga avtomatik ravishda qo‘shimcha aylanish kuchi beriladi. Bu esa haydovchiga transport vositasini to‘xtatmasdan, murakkab va qiyin hududlarda osonlik bilan haydash imkonini beradi. Bunday funksionallik turli sharoitlarda barqarorlik va ishonch bilan harakatlanishni ta’minlaydi.

JETOUR T2 avtomobillari, shunga o‘xshash zamonaviy elektron texnologiyalar bilan jihozlangan. 7nm texnologiyasi asosida ishlangan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8155 chipi, qulaylik va samaradorlikni muvofiqlashtirish uchun optimallashtirilgan. U soniyada 8 trillion operatsiyani bajara oladi. Bu esa avtomobilning boshqaruvini aniq, jadal va samarali qilishga xizmat qiladi.

JETOUR T2’ning yangi UI/UE interfeysi so‘zsiz boshqaruvni ta’minlaydi. Yo‘lda yurish jarayonida yuzaga keladigan turli holatlar uchun aqlli ovozli boshqarish funksiyasi mavjud, bu esa haydovchilarga harakatlanishda yanada qulaylik yaratadi.

 

 

Bir so‘z bilan aytganda, JETOUR T2 sayohatni va ekstremallikni sevuvchilar uchun O‘zbekiston bozorida munosib krossover bo‘lib hisoblanadi. Uning hashamatli dizayni, qulay intereri va mukammal texnologiyalari ushbu avtomobilni oilaviy safarlar uchun ideal tanlovga aylantiradi. JETOUR T2 bilan har qanday murakkab yo‘llarni bosib o‘tish va boshqaruvni yoqimli yo‘lga qo‘yish mumkin.

Sayt: jetourmotor.uz
Facebook: fb.com/jetourautouz
Instagram: @jetourautouz_official
Telegram: t.me/jetour_uzb_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid