1 aprel kuni Humo Arena’da JETOUR T1 va SOUEAST S06 krossoverlarining rasmiy taqdimoti bölib ötdi. Tadbir doirasida kompaniya vakillari Özbekiston bozoridagi rivojlaniş strategiyasini ham taqdim etib, dilerlik tarmoğini kengaytiriş, servis infratuzilmasini kuçaytiriş va uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etiş rejalarini ma’lum qildi.

“Mahsulot strategiyamiz mijozlar turmuş tarzining özgarişini çuqur tahlil qilişga asoslangan. Bugungi kunda sayohat va faol hordiq uçun möljallangan avtomobillarga, şuningdek, şahar uçun texnologik yeçimlarga bölgan qiziqiş ortib bormoqda. Şu bois JETOUR Travel+ yönalişini rivojlantirmoqda, SOUEAST esa zamonaviy şahar mobilligiga alohida urğu bermoqda”, dedi JETOUR & SOUEAST International vitse-prezidenti Brayan Vang.
“Biz Özbekistonda brendimiz kelajagini işonç bilan şakllantirmoqdamiz. 2026 yil yakuniga qadar dilerlik tarmoğimizni 40 dan ortiq şourum va 30 dan ziyod servis stansiyalarigaça kengaytirişni, şu orqali yagona yuqori standartdagi savdo va xizmat körsatişni ta’minlaşni rejalaştirganmiz”, dedi dilerlik tarmoğini rivojlantiriş va sotuvdan keyingi xizmat körsatiş böyiça boş direktor örinbosari Vladimir Rakityanskiy.
JETOUR T1 — yuqori ötkazuvçanlikka ega, sayohatlar va faol hayot tarzi uçun möljallangan universal krossoverdir. Avtomobil 4705×1967×1843 mm ölçamlarga, 2800 mm ğildirak bazasiga va 190 mm klirensga ega. U 2,0 litrli turbodvigatel (254 ot kuç, 390 Nm) bilan jihozlangan bölib, 8 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi, töliq privod va yettita harakat rejimi bilan işlaydi. Şuningdek, 1,5 litrli turbodvigatel (156 ot kuç, 215 Nm), elektromotor (204 ot kuç, 310 Nm) va 26,7 kVt·soat akkumulyatordan iborat gibrid versiyasi ham taklif etilmoqda.

SOUEAST S06 şahar auditoriyasi uçun möljallangan bölib, dinamik dizayn va zamonaviy texnologiyalarni uyğunlaştiradi. Model 4616×1910×1690 mm ölçamlarga va 2720 mm ğildirak bazasiga ega. U 1.5T (156 ot kuç, 230 Nm) va 1.6TGDI (197 ot kuç, 290 Nm) turbodvigatellari bilan, robotlaştirilgan uzatmalar qutisi va old privod bilan jihozlangan. Gibrid versiyasi 360 ot kuç va 530 Nm aylanma momentni ta’minlaydi, 19,43 kVt·soat akkumulyatorga ega bölib, 1100 km gaça yuriş zaxirasini taqdim etadi.

















