Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
Bu taklifni mamlakat ichki ishlar vazirligi bildirdi.
Foto: Counter Strike
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi mamkalatda Counter Strike va Grand Thef Auto (GTA) videoo‘yinlari tarqatilishini taqiqlashni taklif qildi, deb yozmoqda Avesta axborot agentligi.
Vazirlik fuqarolar, kompyuterxona egalariga murojaat qilib, zo‘ravonlik sahnalari aks etgan videoo‘yinlarga kirishni cheklab qo‘yishga da’vat qilmoqda.
Mamlakat Madaniyat vazirligi Counter Strike va GTA o‘yinlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazgan. Ekspertiza bu videoo‘yinlar zo‘ravonlik, qotillik va bosqinchilik unsurlarini o‘z ichiga olganini qayd etib, ularni milliy madaniy va axloqiy qadriyatlarga zid deb topgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari bunday o‘yinlarni muntazam o‘ynaydigan yoshlar va o‘smirlar orasida jinoiy xatti-harakatlar ko‘payib borayotganini qayd etgan.
Dushanbe IIV boshqarmasi kompyuterxona egalaridan bunday o‘yinlarga ruxsat berishni to‘xtatishni talab qilishni boshlagan.
IIV esa ota-onalarga farzandlarini bunday o‘yinlarni o‘ynashdan qaytarib, ularning bo‘sh vaqtlarini nazorat qilishni tavsiya qilmoqda.
Dushanbe militsiyasi bu o‘yinlarning tarqalishiga qarshi kurash maqsadida kompyuterxonalarda doimiy reydlar va tekshiruvlar o‘tkazishi reja qilingan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
23:50 / 11.06.2025