Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Tracker-2 yonib ketdi
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Foto: Videodan kadr
2024 yilning 8 noyabr kuni soat 10:43 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Tracker-2 rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lish so‘ralgan.
Mavzuga oid
08:20 / 08.10.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
13:47 / 29.08.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi
22:02 / 05.06.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasini obodonlashtirishga 81,5 mlrd so‘m ajratiladi
14:11 / 07.12.2024