Yöl infratuzilmasini rivojlantiriş va transportlar harakatiga qulaylik yaratiş – muntazam jarayon. Bu, ayniqsa, aholi soni oşib, hududi kengayib borayotgan Toşkent uçun dolzarb masala. 

Xususan, sönggi yillarda Yangi Özbekiston köçasida istirohat boği, uy-joylar, universitet va Olimpiya şaharçasi qurildi. Bu köça kelgusida Yangi Toşkent şahriga olib boruvçi asosiy yöllardan biri böladi. 

Şu bois, Yangi Özbekiston köçasi böylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bölgan yerosti avtomobil yöli barpo etildi. U soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni ötkaziş imkoniyatiga ega.

Tunnelning usti yaşil hududga aylantirilib, “Yangi Özbekiston” boği bilan Olimpiya şaharçasi örtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanişi ta’minlandi.

Şuningdek, mazkur yönalişda loyihalaştirilgan metro yöli uçun tunnel va bekat ham qurildi. 

Yangi Özbekiston köçasida barpo etilgan yerosti avtomobil yöli maşinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilği iqtisod qilinişiga va atmosferaga çiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayişiga sabab böladi.

Davlat rahbari yerosti avtomobil yölining zamonaviy standartlar asosida taşkil etilganiga e’tibor qaratdi. Bu kabi ravon yöllar xalqqa qulaylik yaratib, turizm rivojiga hissa qöşişi qayd etildi.